1. 1. Binoning ostidagi, yer yuzasidan past joylashgan xona yoki xonalardan iborat qismi; yerto‘la, omborxona.
Ahmadjon podvalning yoniga borib, ikki teshikka ikkita granata tashladi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
Tamanno gazmollar uyib tashlangan yarim qorong‘i podvalga tushib ketdi.
Mirmuhsin, Hikoyalar, qissalar
2. plgrf. rf. Gazeta sahifalarining alohida maqola bosilgan pastki qismi va unda bosilgan maqola.
Gazetaning ikki podvalini band qilgan bu maqolada Saidiy, Yoqubjon va okrug gazetasining muharriri ismlari butun kolonkalarni chipor qilib yuborgan edi.
A. Qahhor, Sarob