1. 1. Opaning eri.
Iya, pochcha, qilma qilib yuribsiz?
S. Ahmad, Ufq
Kichik pochcham o‘ylanib, menga yuzlandi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sal shirakayf bo‘lib o‘tirgan Sodiqjon allaqanday sirli ish borligini, pochchasi undan yashirayotganini sezib qoldi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
2. esk. sk. Ismlarga qo‘shilib, hurmat ma’nosini bildiradi.
Faqirdek bir sodda mulloning o‘rus zabonida so‘zlasha bilganimga taajjublandi shekilli, boshdan-oyoq Mahzum pochchangizni kuzatib chiqdi.
A. Qodiriy, Kichik asarlar
Bazzoz pochchaning bekorchi og‘izga tobi yo‘q edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ozgina tahammul qilsin-chi, bek pochcha.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. shv. hv. O‘zidan kattalarga murojaat shakli.