1. O‘simlikning tanasini, novda va ildizlarini qoplab turgan qismi; po‘st, qobiq.
Tol novdasining yosh po‘stlog‘i. Terak po‘stlog‘i. Zigirpoya po‘stlog‘i. O‘choqdagi kul changidi, chaylaning tomiga osilgan tol po‘stlog‘i shitirlab tebrana boshladi.
Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Qoraqand mevasi bilan chinor po‘stlog‘idan tayyorlangan sharbat ham qandli diabetni davolashda yaxshi vosita ekan.
Fan va turmush