1. und. s. s. Odamlarni yo‘ldan qochirish uchun qilinadigan xitob.
Po‘sht, arava kelyapti!
2. etn. tn. Erkaklar begona hovliga kirganlarida, ayollarni yashirinish haqida ogohlantirish uchun aytiladigan xitob.
Bodombek, po‘sht, deb devor tepasiga chiqdi-yu, qo‘shni hovliga qaramay, osilib qolgan g‘ishtni oldi.
S. Ahmad, Saylanma
Eshon, mehmon eshik ochmay turib, otinoyiga qichqirdi: “Po‘sht! Po‘sht! Bu: Erkak odam kirayotipti, qoching, degan so‘z edi.
P. Tursun, O‘qituvchi