Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {po‘lat}
So‘z bo‘g‘inlari: po‘-lat
Izoh(lar)i:
po‘lat ot

1. 1. Temirning ma’lum miqdordagi uglerod bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, kulrang, cho‘kichlanuvchi qattiq metall. Zanglamaydigan po‘lat. Ie-ye, menda po‘lat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-tersaklar bilan zo‘rg‘a qimirlab turibmiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Shu metalldan tayyorlangan, yasalgan. Po‘lat sim. Po‘lat qaychi. Po‘lat tish. Po‘lat pichoq qinsiz qolmas. Maqol

3. folk. lk. Qilich, shamshir. Olmos po‘lat bog‘lab men ham belimdan, Dev izlab chiqqanman o‘sgan elimdan. Malikayi ayyor
Po‘lat bilan qirdi devni, keskir xanjarini urdi, yalang‘ochlab qilich soldi. Malikayi ayyor

4. ko‘chma hma Metinday mustahkam, buzilmas, yengilmas. Po‘lat qal’a.

5. 5. Kuchli, zabardast. Qish. Dehqon ahlining po‘lat muskullariga hordiq beradigan, ko‘ngil yozadigan fasl. O‘zbekiston qo‘riqlari
Bizning po‘lat qudratimiz — birligimizda. M. Shayxzoda

6. 6. Po‘lat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.