Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {po‘kak}
So‘z bo‘g‘inlari: po‘-kak
Izoh(lar)i:
po‘kak ot

1. 1. Qoraqayinlar oilasiga mansub doim yashil bir turli daraxtning (po‘kak dubining) po‘stlog‘idan tayyorlanadigan yengil material. Po‘kakning yengillik, shovqin va issiqlikni o‘tkazmaslik xususiyatlari. Po‘kak qurilish materiallarining eng yengili hisoblanadi. Fan va turmush

2. 2. Shunday materiallardan qilingan tiqin; probka. Bir mahalda ko‘zi olazarak bo‘lib qo‘shnimning o‘zi xonamga kirdi. Eshikni zichlab yopdi-da, shimining cho‘ntagidan po‘kagi ochilgan bir shisha vino olib, stol ustiga qo‘ydi. S. Ahmad, Saylanma

3. 3. Ichi kavak, po‘k. G‘iyosiddin suyanadigan tollarning ichi po‘kak bo‘lib, nurab qolgan edi. S. Ahmad, Hukm

4. ko‘chma hma Bo‘sh, lapashang. Sen to‘ngaklar munchalik po‘kak bo‘lmaganlaringda, bunaqangi sasimasdilaring. H. Shams, Dushman
Po‘kaklarni olib otar qirg‘oqqa, Mardlar yuragini obod etar vaqt. B. Boyqobilov, Meni kuting, yulduzlar

5. ko‘chma hma Ma’nosiz, bo‘sh. Zamiraning hayoti Ravshanga qahramonlikdek bo‘lib tuyuldi. Uning kunlari esa bekorga o‘tdi, hayoti po‘kak, bema’no. F. Musajonov, Ravshan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.