1. 1. Temir yo‘l stansiyalarida passajirlarning poyezdga chiqish yoki tushishi, yuk tushirish yoki ortish uchun temir yo‘lga nisbatan balandroq qilib ishlangan uzun sahn, maydoncha.
Yuk platformasi. Yo‘lovchilar platformasi.
▬
Platformadan chiqqandan so‘ng Saidiy bulardan ajralib, qochish yo‘lini izladi va epini qilib qochdi.
A. Qahhor, Sarob
2. 2. Idish-qopsiz yuklar, konteynerlar tashiladigan, yon devorlari uncha baland bo‘lmagan, usti ochiq yuk vagoni.
Platformalarga yuk ortmoq.
▬
Yukdan bo‘shagan platformalar yana bir kun bekor turdi.
Yoshlik
3. siyos. os. Biror siyosiy partiya, ijtimoiy tashkilot yoki arbobning dunyoqarashi, maslagi, tutgan yo‘li, ish, harakat dasturi.
Meni ularning platformasi qiziqtiradi.
T. Malik, Qaldirg‘och
4. 4. Uncha katta bo‘lmagan stansiya.