Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {piyoda}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-yo-da
Izoh(lar)i:
piyoda ot

1. rvsh. sh. Ulovsiz, o‘z oyog‘i bilan; yayov. Odamlar nimagadir tramvay-trolleybusga o‘tirmay, to‘da-to‘da bo‘lib, piyoda ketishyapti. O‘. Hoshimov, Qalbinga quloq sol
Hoji ota karvonboshi bilan ko‘rishib, Ro‘zioxunboy bog‘ining nihoyasigacha otning chilviridan ushlab, piyoda yurdi. Yoshlik

2. sft. ft. Ot-ulovga ega bo‘lmagan, yayov yuradigan. Samolyotlardan so‘ng tanklar hujumga kirdi. Uning orqasidan piyoda rotalar qo‘zg‘aldi. I. Rahim, Chin muhabbat
Shu choq qishloqning kun botish tomonidan baland ura ovozi eshitildi va qishloqqa mo‘r-malaxday yopirilib kelayotgan piyoda askarlar ko‘rindi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. ot harb. rb. (asosan ko‘pl. shaklida) Yayov jang qilish uchun belgilangan qo‘shin turi. Otliqlar ketidan piyodalar ham yugurib ketishdi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
Gulduros bilan kelayotgan tanklar orqasidan piyodalar yugurdi. Oybek, Quyosh qoraymas

4. 4. Ot Shaxmat o‘yinida: eng kuchsiz dona. O‘yin bilmasang, piyodani sur. Maqol
[Muxtorjon] Saidiyga endi javob beraman deb turganda, Mirza Muhiddin bir piyoda surish bilan uning ilgarigi holatda qoldirdi. A. Qahhor, Sarob

5. 5. Trotuar — piyodalar yuradigan yo‘lka.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yayov
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.