Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pista}
So‘z bo‘g‘inlari: pis-ta
Izoh(lar)i:
pista ot

1. bot. ot. Janub tog‘larida o‘sadigan past bo‘yli, yong‘oqmevali daraxt yoki buta. Tabiatning mehri bilan yasalgan ko‘m-ko‘k archazorlar va tog‘ ariqlaridagi jarlar yoqasida saf tortgan pista zumraddek tovlanib, ko‘zni qamashtirar edi. Tuyg‘un, Shoir haqida haqiqatlar

2. 2. Shu daraxtning qattiq qobiqli mevasi. Odam odam bilan, Pista bodom bilan. Maqol
Lekin pista, bodom, mayiz, jiydani ko‘rib, tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushdi. F. Musajonov, Himmat
Ana shirinlik, mana shirinlik, deb murabbo-yu nisholda, pista-yu mag‘iz, qand-qurs, yana allanimalarni hech surishtirmasdan, aralash-quralashiga pok-pokiza tushiraveribdi. N. Maqsudiy, Mechkay eshon

3. s. t. t. Kungaboqarning xom yoki qovurilgan urug‘i. Bir vaqtlar eri urushda o‘lgan xotin shu tosh ustida o‘tirib, pista sotardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.