Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pismiq}
So‘z bo‘g‘inlari: pis-miq
Izoh(lar)i:
pismiq sf

1. Maqsadini, sirini birovga aytmaydigan, indamay ish bitiradigan, ichidan pishgan (odam). Pismiq odam. Sodda siri tilida, pismiq saqlar dilida. Maqol
Kundoshingning ko‘rinishi bayovga o‘xshasa ham, ammo o‘zi pismiq ekan Bunday odamdan, albatta, hazar kerak. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Soddadil va ko‘ngilchan Rahim akani, pismiq va yumshoqsupurgi Ibodovni, serg‘ayrat va uddaburon Xalil akani ham esladi. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: dali-g‘uli
Sinonim(lar)i: indamas
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Indamas – pismiq – ming‘aymas – damdo‘z
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik buyog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.