1. 1. Burundan kuchli bo‘g‘iq tovush chiqarmoq (ot, qoramol haqida).
Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa, qo‘ymaydi: boshini silkiydi, pishqiradi.
A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Ot bo‘lsa, havoning buzilganini sezibmi, yo‘lning yomonligidan nolibmi, qattiq pishqirib qo‘yarkan.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Sigir pishqirib, qo‘limni ham yamlab yutay dedi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Pishqiriqqa o‘xshash qattiq tovush chiqarmoq.
Poyezd — go‘yo ulkan timsoh, pishqirib, qirlarni cho‘rt kesib yugurardi.
Mirmuhsin, Qahramonnoma
Mashina olov otday pishqirib uchadi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Parovoz, xuddi charchagan otday, bir pishqirib to‘xtadi.
J. Sharipov, Saodat
3. ko‘chma hma Shiddat bilan shovullamoq, vishillamoq.
Hamma pishqirib yonayotgan olovni o‘chirishga yopishdi.
4. ko‘chma hma Hayqirib gapirmoq, baqirmoq.
Javob o‘rniga boshini chayqab pishqirdi.
S. Ahmad, Ufq
U, Zulayho Mansurni chaqirib borganini eshitgan bo‘lsa kerak, yugurib kelgan ko‘zlari o‘t bo‘lib yonar, burun kataklarini kerib, pishqirardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
— Eshitdingmi? — Kimsan akam g‘azab bilan pishqirdi. — Jon kerak bo‘lsa, tuyog‘ingni shiqillat.
O‘. Hoshimov, Ikki eshik orasi
5. ko‘chma salb. lb. Shoshilib ketmoq, bosar-tusarini bilmay qolmoq.
Pishqirgan boylar.
▬
Pishqirib kelgan Salimxon Obidiy yeli chiqib ketgan pufakdek bo‘shashib, bir chekkada o‘tirardi.
Mirmuhsin, Umid
6. taql. s. s. Piq Kulganda yoki yig‘laganda, tomoqsan portlab chiqqan qisqa, bo‘g‘iq tovush haqida.
Gavharning laylakka o‘xshab bir oyog‘ini ko‘tarib turishi o‘ziga shu qadar nash’a qilib ketdiki, piq etib kulib yubordi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Anzirat kampir piq etib yig‘lab yubordi.
A. Muxtor, Opa-singillar.