Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pish} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pish-moq
Izoh(lar)i:
pish fl

1. 1. O‘sib, rivojlanib, tarkibi yaxshilanib, iste’mol qilish yoki ishlatish uchun yaroqli holga kelmoq, yetilmoq (meva, sabzavot, don, suv kabilar). Qulupnay pishdi. Pomidor pishgani yo‘q. Mol o‘tmaydigan balandlikdagi devorlari ham nuragan, bog‘ ichidagi olma va tog‘olchalar esa pishib yotibdi. Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar.
Mana bu uzumni oling, juda yaxshi pishibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qora giloslar g‘arq pishib, shoxlari tomga tushib turar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Oqar suvlarning barchasi pishgan, yer ostidagi kam harakatdagi suvlar xomdir. Gazetadan

2. 2. Rivojlanib yetilmoq. Pishmagan novda. Pishgan urug‘. Egatlardagi tutlarning novdalari pishibdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Qaynatish, qovurish, dimlash va shu kabilar natijasida iste’mol uchun tayyor bo‘lmoq. Palov pishdi. Tuxum pishdi. Non qizarib pishdi. Bermasning oshi pishmas, pishsa ham, qozondan tushmas. Maqol
Pishgan oshning umri qisqa. Maqol
Kechki norin uchun katta qozonda yog‘li qazi pishadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qurbonning bir tomonida pishib qotib ketgan kaboblar ustma-ust taxlab qo‘yilgan. E. Usmonov, Yolqin
Feruz birla bir xonada o‘tirib gurung etmakka, bir qozonda pishgan taomni yemakka op qilganimi bu? S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. O‘tda ishlov yeb, zarur texnologik xususiyat kasb etmoq. G‘isht yaxshi pishibdi.

5. 5. Toblanmoq, qoraymoq; chiniqmoq. Oftobda rosa pishdik. — Oho, agronomcha, — dedi Hamdam qoshini chimirib, — dalada rosa pishibsan-ku. H. Ahmar, Kim haq?
Yoshlar ishlasin, pishsin, endi bizlar charchab qoldik, desak ham, qari bilganni pari bilmas, deb yuz baloga ro‘para qilishaveradi. S. Nurov, Narvon
Shukurovning oftobda pishgan qoracha yuzi, sal qisilgan qo‘y ko‘zlariga chuqur o‘ychanlik cho‘kkan edi. O. Yoqubov, Diyonat

6. s. t. t. To‘lishib, yorilish darajasiga kelmoq (yara-chaqa haqida). Malham qo‘yilsa, chipqon tez pishadi.

7. ko‘chma hma Umri oxiriga yetib, qartayib, o‘limi yaqinlashmoq. — O‘zi pishib qolganday-ku, Nazar aka, — dedim. — Qo‘ying, uch-to‘rt kunligi bormi-yo‘qmi. M. M. Do‘st, Lolazor
Eshon ayaning birdan-bir niyati — qo‘lda qolgan qo‘r-qutlarni saqlab qolish, pishib, hilvirab turgan eshonni o‘z maskaniga qo‘yib, boyliklarga ega bo‘lish. S. Ahmad, Hukm

8. ko‘chma s. t. t. Hal bo‘lmoq, tayyor bo‘lmoq. Ish pishdi — Teshaboyning o‘rniga sizni brigadir qilmoqchi bo‘ldik. Uyg‘un, Do‘stlar
[Egam xotiniga:] Gapni bo‘lma! Hoy, nari bor! Ish pishdi. Shukrullo, Saylanma
Munavvar, Nazokat fojiasini o‘z fojiasiday yuragiga yaqin oldi. Shungami, postanovka tez pisha qoldi. S. Anorboyev, Mehr

9. ko‘chma hma Mukammal holga kelmoq. Fikrlar pishib, yetilib, yurakdan to‘lib chiqmasidan asar yozishga, ayniqsa, uni nashr etishga shoshilish kerak emas. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Bu hol Oybekning dastlab o‘z xayolida pishib yetilgan epizodlarnigina yoza boshlaganini ko‘rsatadi. O‘TA

10. ko‘chma chma Oy-kuni yaqinlashmoq. Shuni yaxshi bilingki, ishingiz endi ko‘p bo‘ladi. Pishib turgan xotin ko‘p. Uyma-uy yurib, konsultatsiya berasiz. S. Ahmad, Cho‘l shamollari

11. Suvga, suyuqlikka botirib ho‘l qilmoq. Do‘ppisini suvga pishdi. Oyim aralashsa ham, Solih qo‘yvormay, meni hovuzchaga pishmoqchi bo‘lyapti. H. Nazir, Yonar daryo
Uning ochiq yoqali uzun ko‘ylagi, ustidagi olacha yaktagi suvga pishganday jiqqa ho‘l bo‘lgan. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.