1. ayn. yn. Pishiq-pishiq.
Pishiq-puxta gapirmoq.
2. ayn. yn. Pishiq 3, 6-10.
Pishiq-puxta etik.
▬
Mulla Muhsin Xatib domla kabi pishiq-puxta, ya’ni zamona ishlariga tushunadigan kishi emas.
A. Qodiriy, Obid ketmon
Ular ishga pishiq-puxta edilar; ikki savdo xodimining tili bir bo‘lsa, ko‘p ish qilsa bo‘larkan.
Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Habiba Qudratga, pishiq-puxta, ikki yuz so‘mdan oshiq maosh olarkan, deb darrov unagandi.
K. Kenja, Tog‘ yo‘lida bir oqshom