Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pishi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pi-shi-moq
Izoh(lar)i:
pishi fl

1. 1. Ishlov bilan yoki rivojlanib yetilmoq, me’yoriga, ob-u tobiga yetmoq, foydalansa bo‘ladigan holga kelmoq. Loy yaxshi pishidi. Ip hali pishimabdi. [Rais:] Qalay? Yerlar ko‘ngildagidek pishidimi? Oydin, Yuragida o‘ti bor
Endi to‘xta, ukajon. Bo‘ldi-ye, kuvidagi qatiqday pishiyverib, yog‘imni chiqarib yubording. S. Siyoyev, Otliq ayol

2. ko‘chma hma Ko‘pni ko‘rib, boshdan kechirib, boy tajriba orttirib voyaga yetmoq, yetuklik darajasiga erishmoq, yetishmoq. Shaxdam qadam bosib minbarga chiqishidan, gap ohangidan bunaqa davraga ko‘p tushib, xiyla pishigan, sertajriba ko‘rinadi. H. Nazir, Mayoqsari

3. 3. Chiniqmoq, toblanmoq. Kishi mehnatda pishiydi. Yoshsan pishirsan, bu damingdan tushirsan. Maqol
Ergash Bahromov nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda pishidi, chiniqdi, toblandi. N. Safarov, Olovli izlar

4. kam qo‘ll. Pishilmoq, ivimoq. Yomg‘irda qolib rosa pishidim.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.