Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pilta}
So‘z bo‘g‘inlari: pil-ta
Izoh(lar)i:
pilta ot

1. 1. Piltakachga o‘rab, do‘ppi tepchigiga, ba’zan to‘n yoqasining qavig‘iga tiqiladigan qog‘oz. Yoqaga urilgan pilta. Do‘ppi piltasi. — Do‘ppi yomon emas, — deydi Musavoy. — Piltalarini qara, shaldiroq qog‘ozdan shekilli. Oybek, Bolalik.
Aksar do‘ppilar tepchigidan qirqilib, piltasi ko‘rinib turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon

2. 2. Paxta, jun, ipak va zig‘ir tolalarini bo‘shgina himarib, cho‘zib, tekislab va to‘g‘rilab hosil qilinadigan to‘qimachilik mahsuloti (lenta); pilik olishdagi xomashyo.

3. 3. Biror narsani ma’lum masofadan turib yondirish yoki portlatish uchun ishlatiladigan yonuvchi chizimcha, shnur. Miltiqning piltasiga o‘t tegizmoq.

4. 4. Tumshuqlarning har birida bir pilta yonib turib, har ikki tomonni — ham g‘o‘za chuvuvchilar oldini, ham chig‘iriqlar oldini baravar yoritardi. S. Ayniy, Esdaliklar

5. esk. sk. Charxda ip yigirish uchun piltakachda yumaloqlangan bir bo‘lak paxta, pag‘a. Onam shu qadar tez, shu qadar ingichka yigirar ediki, piltadan chiqayotgan ipni ko‘zim ilg‘amasdi. Yo. Shukurov, Qasos
Elmurodunga [otinoyiga] savalgan paxtadan pilta o‘rab berib o‘tirdi. P. Tursun, O‘qituvchi

6. s.t. q. q. Pilik 3. Do‘ppi kiyib, sichqon dumidek sochlariga pilta o‘ragan jamalak qizaloq uning diqqatini tortdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma

7. 7. Do‘ppido‘zlik, miskarlik va boshqalar amaliy san’at turlarida bezak turi: chiviq kabi ingichka bo‘rtma bezak yo‘l.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: plita – [r] Katta, yassi, tekis tosh, temir bo‘lagi, toshtaxta; ovqat pishiriladigan moslama.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.