1. 1. Zina yoki narvonning har bir pog‘onasi, bosqichi; pog‘ona.
Jo‘raboy uyqusizlikdan mudrab, zinaning ikki-uch pillapoyasiga baravar oyoq tashlab yuborgan edi, qalqib ketdi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Bir oyog‘ini vagonning yuqorigi, bir oyog‘ini pastki pillapoyasiga qo‘yib turgan Saodatning ko‘zi onasida edi.
N. Safarov, Saodatning qissasi
Tezda orqasiga qaytdi-da, tepalikning narigi tomonidagi maxsus pillapoyadan pastga tushib, bolaning oldiga chopdi.
S. Zunnunova, Olov
2. ko‘chma hma Bosqich, ko‘tarilish bosqichi.
Haqiqiy ilm fidoyilari fanning mashaqqatli, ammo faxrli pillapoyalari sari ilgarilayotib, o‘zlarini ochilmagan qo‘riq sari borayotganday his etishadi.
Gazetadan
Hayot insonni asta-sekin voyaga yetkazar, o‘z pillapoyalaridan birin-ketin yetaklab chiqaverar ekan.
Yoshlik