Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pilik}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-lik
Izoh(lar)i:
pilik ot

1. 1. Bir uchi yoritqich asbob ichidagi kerosinni yoki moyni shimib, ikkinchi — yonuvchi uchiga o‘tkazib beradigan lentasimon mato yoki eshilgan paxta. Qorachiroq piligi. Shamning piligi. Lampa piligi. Moyi tugab, piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir lip etib so‘ndi. S. Ahmad, Hukm
Yoshiga nisbatan ancha tetik, barvasta chol ostona hatladi. Gulro‘yning yuragi bezovta tepgancha, yana bir bor eshitilar-eshitilmas, o‘tiring, deb qo‘ydi-da, chiroq piligini bir oz ko‘tarib, ko‘rpacha tashladi. Yoshlik

2. to‘qm. qm. Paxta, jun, ipak va zig‘ir tolalarini bo‘shgina himarib, cho‘zib, to‘g‘rilab hosil qilinadigan mahsulot. Pilik ip yigirish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. O‘zME

3. 3. Soch o‘rimi yechilib ketmasligi uchun uning uchiga qo‘shib o‘rilgan paxta. Sochini mayda o‘rib, uchiga pilik taqqan, oyog‘iga kavush, egniga chit ko‘ylak kiygan o‘n olti yoshlardagi bir qiz anor uzib, savatga terardi. S. Ahmad, Saylanma

4. 4. Arvohlarga, ins-u jinslarga atab yoqish uchun bir uchiga paxta o‘rab, yoqqa botirilgan cho‘p. Kamzulining cho‘ntagidan qamishga o‘ralgan bir necha pilikni olib, uchtasini Surmaxon qabrining bosh tomoniga tiqib, yondirib qo‘ydi. I. Rahim, Ixlos

5. 5. Qosh, kiprikni bo‘yash uchun ishlatiladigan, uchiga paxta o‘ralgan cho‘p. Satimxonning qo‘shnilar bilan totuvlashib olganini aytmaysizmi — bir piyola ketidan o‘sma qo‘yib, bir pilikdan surma tortganday! Shuhrat, Umr pog‘onalari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.