Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pichoq}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-choq
Izoh(lar)i:
pichoq ot

1. 1. Dastaga o‘rnatilgan yassi va uzun tig‘li ro‘zg‘or asbobi. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
O‘tmas pichoq qo‘l kesar. Maqol
Yaxshi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol
Zokir ota qochish yo‘llarini yaxshi uqtirgach, yirtiq ko‘n etigining qo‘njidan bir pichoqni olib, sekin menga uzatdi. G‘ayratiy, Unutilmas kunlar
To‘lanboy so‘rida chordana o‘tirib olgan, pichoqni taxtaga taq-taq tegizib, sabzi to‘g‘rayapti. S. Ahmad, Ufq

2. tex. ex. Turli asboblarning kesuvchi qismi. Go‘sht qiymalagich pichog‘i.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. pichoq suyakka yetdi: ortiq chidab bo‘lmaydi

1. Tig‘ – pichoq – xanjar – qilich
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm- ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.