1. 1. So‘zlovchi bilan tinglovchidan boshqa odam eshitmaydigan qilib, past ovoz bilan aytilgan gap, pichir-pichir, shivir-shivir.
Gapning yomoni pichir, etning yomoni qichir.
Maqol
Yonimda o‘tirgan ikki qizning pichiri qulog‘imga chalindi.
M. Jaloliddinova, Jur’at
2. 2. Boshqalar eshitmaydigan darajada past ovoz.
— Kasali nima ekan, ozib ketibdi kelinchak onamiz? — pichir bilan so‘radi Salimboyvachcha.
Oybek, Tanlangan asarlar