Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pichir}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-chir
Izoh(lar)i:
pichir ys

1. 1. So‘zlovchi bilan tinglovchidan boshqa odam eshitmaydigan qilib, past ovoz bilan aytilgan gap, pichir-pichir, shivir-shivir. Gapning yomoni pichir, etning yomoni qichir. Maqol
Yonimda o‘tirgan ikki qizning pichiri qulog‘imga chalindi. M. Jaloliddinova, Jur’at

2. 2. Boshqalar eshitmaydigan darajada past ovoz. — Kasali nima ekan, ozib ketibdi kelinchak onamiz? — pichir bilan so‘radi Salimboyvachcha. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.