Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {piching}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-ching
Izoh(lar)i:
piching ot

1. Birovning shaxsiga tegish, g‘ashini keltirish, masxaralash uchun aytilgan ilmoqli gap; qochirim, qochiriq. Bu piching Naziriyning jon-jonidan o‘tib ketdi. Lekin bu yerga u Hamza bilan jirtak otishga kelmagan edi. K. Yashin, Hamza
Mansur Tal’atning pichingini tushunmay, keskin qadashar bilan ularga ergashdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Usta yuragidagi gaplarni ko‘pchilik o‘rtasida birma-bir aytib tashlamoqchi edi, ammo raisning pichingi shashtini qaytardi. S. Mahkamov, Dala tongi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kesatiq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor

1. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.