1. Hayvonlarga ozuqa bo‘ladigan o‘t; o‘rib quritilgan o‘t; xashak.
Bir bog‘ pichan. Pichan o‘rish mashinasi.
▬
O‘rtadagi uyulgan pichan g‘arami oldidan o‘tib, qorong‘i uyga kirdi.
S. Zunnunova, Olov
Tomga ko‘proq pichan bosdi.
E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq
U bostirma devoriga behol suyanib qoldi. Ichkari quruq, pichan isi, ivigan ohak hidi kelardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol