Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {peshona}
So‘z bo‘g‘inlari: pe-sho-na
Izoh(lar)i:
peshona ot

1. anat. at. Yuzning qoshdan sochgacha bo‘lgan qismi, manglay. Keng peshona. Peshona suyagi. Bu gaplardan hasharchilar qotib-qotib kulishardi. Razzoq buqachi peshonasini uqalab, terga pishib, indamay o‘tirardi. S. Ahmad, Jimjitlik
Ikromjon ter bosgan peshonalarini, bo‘yinlarini qiyig‘i bilan artarkan, Azizxon tarafga bir qarab qo‘ydi. S. Ahmad, Ufq

2. ko‘chma hma Diniy tasavvurlarga ko‘ra: qismat, taqdir. Nahot peshonamga toabad tobelik, qullik maqomi bitilgan bo‘lsa. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. s. t. t. Bisot, budu shud, bor-yo‘g‘i. Peshonaginamizda bittagina-da, o‘rgilay, bittagina. S. Ahmad, Ufq
Peshonamda bitta o‘g‘il, yonimda yursin, deb turib oldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. peshona teri: halol mehnat

2. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

3. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.