Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pesh}
So‘z bo‘g‘inlari: pesh
Izoh(lar)i:
pesh ys

1. 1. Ba’zi narsalarning oldinga qaragan tomoni, labi, cheti, qirg‘og‘i. Ayvonning peshi. — Ayajon, ayyomingiz muborak! — deb sovg‘a-salomni ayvonning peshiga qo‘ydi-da, onasiga kiftini tutdi. K. Yashin, Hamza
U qopidan ketmonini olib, peshini egovlay boshladi. Sharq yulduzi

2. 2. Kiyimning old etagi, bari. Kamzulingning peshini bossam, gard bo‘lar, Oshiqlik deganing qiyin dard bo‘lar. Qo‘shiqlar
Arg‘unshoh tiz cho‘kib, podshohning etaklarini yuziga surtmoqchi bo‘lgandi, Shohrux uning qo‘lidan peshini tortib oldi. B. Ahmedov, Ulug‘bek
Yenglari shimarilgan Komiljon, etagining peshini qayirib olgan Davronov eng oldinda borardi. I. Rahim, Ixlos

3. f. f. [ — oldinda; yonida,yaqinida]

4. rvsh. sh. (birin-ketin sodir bo‘ladigan ish-harakatni bildiruvchi ikki fe’l oldida takrorlanganda) Fursat utmasdan, darrov, darhol, peshma-pesh. Pesh terilgan paxtani pesh topshirib turmoq. [Iqbol satang] Hovli sahnini ko‘zdan kechirdi. Hamma yoq chinnidek. Shuncha daraxt-u, tagida bitta barg ko‘rinmaydi. Pesh tushganini pesh olib turadimi deyman, — o‘ylay ketdi u, — qachon qarasang, [Mehrinisoning] hovlisi yog‘ tomsa yalagudek. R. Fayziy, Hazrati inson
Egningizdan pesh tushgan kiyimni pesh yuvib turgan bo‘lsak S. Ahmad, Yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. pesh I Sifat
afzal

2. pesh II Ot
oldingi qism; narsa-buyum uchi; sabab

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. peshona teri: halol mehnat

2. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

3. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

1. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.