Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pazandalik}
So‘z bo‘g‘inlari: pa-zan-da-lik
Izoh(lar)i:
pazandalik ot

1. 1. Turli o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan ovqat tayyorlash, pishirish sirlarini bilish. Qudrat Xadicha ayaning pazandaligini endi bilayotgan bo‘lsa-da, uning boshqacha ta’rifini ilgari eshitgan edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Boshliq har gal mantini og‘ziga solayotganda, kelinning pazandaligini maqtab, Orifjonning qo‘li ochiqligini ta’riflab turdi. S. Ahmad, Saylanma

2. 2. Laziz taomlar tayyorlash san’ati. Pazandalik ilmi. Chunonchi, pazandalik san’ati ham boshqa sohalar kabi hech qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari
Jahon pazandaligida sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar ichida eng xili ko‘pi bu pishloq ekan. Gazetadan
Bundan ikki yillar burun milliy pazandalik mavzusida bir necha maqolalar yozib berishimni iltimos qilishdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.