Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pay} - xon ( Otga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pay-xon
Izoh(lar)i:
pay ot

1. anat. at. Tana mushaklarini suyakka biriktirib turuvchi mustahkam, elastik to‘qima. So‘yilgan qo‘yni payidan osmoq. Otaqo‘zining ko‘zlari qisilib, jag‘ paylari turtib chiqdi. O. Yoqubov, Diyonat
Ya na har qanday go‘shtda pay, chocho‘sar, tog‘ay kabi biriktiruvchi to‘qimalar bo‘ladi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

2. sft. ft. Ko‘chma Mehnatda pishgan, chayir. U qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit bo‘lib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zabardast, pahlavon, ko‘rkam, kelishgan, Vujudi pay, chayir, mehnatda pishgan. Habibiy

3. esk. sk. Oyoq, qadam. Bu yanglig‘ muddate yo‘l qildilar tay, Ki Arman kishvarig‘a qo‘ydilar pay. A. Navoiy.

4. (asosan o‘.p. va j.k. shaklida) Biror maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi astoydil harakat, urinish, qasd. Xoldor ishga kirish payida uch-to‘rt joyga uchradi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
U [Qo‘ziboy] cho‘qqiga chiqib Toshbuloqni topishda ham birinchi bo‘lish payida edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

5. iqt. Biror shirkat, aksiyadorlar jamiyati ishida qatnashish uchun qo‘shiladigan hissa, ulush. Pay puli. Pay qo‘shmoq. ko‘plab aksiyadorlar o‘zlarining sotib olgan aksiya va paylari evaziga dividend, ya’ni daromad olishlari kerak. Gazetadan
Pay bo‘yicha ham uning egasi, qo‘lidagi pay miqdoriga qarab, umumiy daromaddan o‘z ulushini oladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.