Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {payvand} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pay-vand-la-moq
Izoh(lar)i:
payvand ot

1. 1. Biror o‘simlikning novda yoki kurtagini boshqa o‘simlik tanasiga o‘tqazish, ulash usuli va shu usulda ulab o‘stirilgan o‘simlik. Iskana payvand. Kurtak payvand. Qalamcha payvand. Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha payvand va parxish qilib ko‘paytiriladi. Gazetadan

2. tex. ex. Metall bo‘laklarini eritib yoki parchinlab, bir-biriga yopishtirish, birik-tirish va shu usulda hosil qilingan chok. Elektr payvand. Nasos stansiyasi korpusining yo‘g‘on po‘lat armaturalarini payvand qilish boshlandi. O‘zbekiston qo‘riqlari

3. maxs. xs. Ulangan bo‘lak, uloq. Shogird bola lab-lunjini osiltirib endi payvand tikishga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. sft. ko‘chma hma O‘zaro bog‘langan, payvasta. Kuyga kuylar bo‘larmidi band, Dillar dilga bo‘lmasa payvand. G. Jo‘rayeva, Mening marjonlarim
Ko‘ngil yayrab ketar, orom olar jon. Gullar manzarasi sevinchga payvand. Mirtemir, Asarlar
Navoiyning dili bilan xalqning dili hamisha payvanddir. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.