1. esk. sk. Taxminan 50 grammga teng og‘irlik o‘lchov birligi.
[Yugurdak:] Mana, taqsir, olib keldim, tekshirib ko‘ring! Ikki paysa yetmas ekan behishtga.
A. Oripov, Yillar armoni
Besh paysa yem ayagan kezlaringda qor kurab, ildiz topib berdim ularga.
I. Rahim, Zangori kema kapitani
Yetmish ikki hunaring bor, lekin xumchangda besh paysa jiring yo‘q!
A. Qodiriy, Obid ketmon
2. tar. ar. Buxoro xonligida besh tiyinlik chaqa.
Yetmishinchi yillarda hukmdorning mis paysaga zarb etilgan muhrini topdilar.
Gazetadan
3. tib. Terining qizarishi.