1. 1. Sezmoq, his qilmoq, bilmoq. Yigit hech nima sezmadi. Ko‘zlarini ochgan vaqtda, tuproqqa ko‘milib yotganini payqadi. Oybek, Quyosh qoraymas Sho‘rxok suv bilchillab yotgan to‘qay ichidan yugurib borarkanman, chap oyog‘im yerga muzday tega-yotganini payqadim. O‘. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. 2. Ma’nosini anglamoq, uqmoq, tushunmoq; sezmoq. Mudir uning ishga urinmay tik turganidan, nimadir demoqchi bo‘layotganini payqab, sekin so‘radi. Saodat Umidning rasmiyat uchun gapirgan gaplari unga yoqmadi, uning o‘zgarib qolganini, yuragida qandaydir gumon-u shubhalar borligini payqadi. Mirmuhsin, Umid Temur Malik munshiyning maqsadini-yu yuragidagi alamini payqadi. Mirmuhsin, Temur Malik
1. Payqamoq – sezmoq – fahmlamoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)