Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {paypoq}
So‘z bo‘g‘inlari: pay-poq
Izoh(lar)i:
paypoq ot

1. To‘piq, boldir yoki songacha berkitadigan, asosan to‘qib tayyorlanadigan oyoq kiyimi. Jun paypoq. Kapron paypoq. ▬ Ipak paypoq boldirlaridan sidirilib tushib ketayotgandek. S. Ahmad, Ufq
Haqiqatan ham ip paypoq ishlab chiqarish bilan faqat birgina Qo‘qondagi paypoq to‘qish fabrikasi shug‘ullanadi. Gazetadan
Turshak, yong‘oq, jun paypoq — nima topsak jo‘natdik. Saodat

2. zool. ol. Panja ustini, to‘piqni qoplab turuvchi pat (parrandalarda).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.