Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pay}
So‘z bo‘g‘inlari: pay
Izoh(lar)i:
pay ot

1. anat. at. Tana mushaklarini suyakka biriktirib turuvchi mustahkam, elastik to‘qima. So‘yilgan qo‘yni payidan osmoq. Otaqo‘zining ko‘zlari qisilib, jag‘ paylari turtib chiqdi. O. Yoqubov, Diyonat
Ya na har qanday go‘shtda pay, chocho‘sar, tog‘ay kabi biriktiruvchi to‘qimalar bo‘ladi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

2. sft. ft. Ko‘chma Mehnatda pishgan, chayir. U qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit bo‘lib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zabardast, pahlavon, ko‘rkam, kelishgan, Vujudi pay, chayir, mehnatda pishgan. Habibiy

3. esk. sk. Oyoq, qadam. Bu yanglig‘ muddate yo‘l qildilar tay, Ki Arman kishvarig‘a qo‘ydilar pay. A. Navoiy.

4. (asosan o‘.p. va j.k. shaklida) Biror maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi astoydil harakat, urinish, qasd. Xoldor ishga kirish payida uch-to‘rt joyga uchradi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
U [Qo‘ziboy] cho‘qqiga chiqib Toshbuloqni topishda ham birinchi bo‘lish payida edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

5. iqt. Biror shirkat, aksiyadorlar jamiyati ishida qatnashish uchun qo‘shiladigan hissa, ulush. Pay puli. Pay qo‘shmoq. ko‘plab aksiyadorlar o‘zlarining sotib olgan aksiya va paylari evaziga dividend, ya’ni daromad olishlari kerak. Gazetadan
Pay bo‘yicha ham uning egasi, qo‘lidagi pay miqdoriga qarab, umumiy daromaddan o‘z ulushini oladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. pay I Ot
uyushma, tashkilotning umumiy mablag‘iga har bir a’zo qo‘shadigan hissa

2. pay II Ot
etni suyakka yopishtiruvchi chandirsimon taram-taram to‘qima

3. pay III Ot
oyoq izi, orqa, ket.

4. pay IV Sifat
uzoq turadigan qilib taxlamoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. payidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qib qildi

2. payiga tushdi: 1)zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qildi 2)manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qildi

3. payini qirqdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba etkazdi

1. Bo‘shashmoq – shalviramoq – shalpaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Dushanba – seshanba – chorshanba – payshana – juma -shanba – yakshanba
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish ketma-ketligiga ko‘ra)

3. Payqamoq – sezmoq – fahmlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Va’da – ahd – ahd-paymon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

5. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.