1. G‘o‘za o‘simligining chigit va tolalardan iborat oppoq yumshoq hosili. U kechqurun tergan paxtasini tabelchiga o‘tkazib, yuvinib-taranib qishloqqa jo‘nadi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Chigitdan ajratilgan shu mahsulot; momiq. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Gazetadan
3. s.t. ayn.G‘o‘za. Uzoq-uzoqda hali kun ko‘tarilmaganiga qaramay qo‘llariga ketmon ushlagan yigitlar paxta sug‘orib yuribdilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
4. sft.Guli, tasviri (ochilgan) paxtaga o‘xshash. Paxta gulli choynakni oldiga tortdi T. Ashurov, Oq ot
1. ko‘zining paxtasi chiqdi: g‘azabi ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
2. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi