Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {paxsa}
So‘z bo‘g‘inlari: pax-sa
Izoh(lar)i:
paxsa [pax-sa ]

1. Pishitilgan loydan ustma-ust bosib qurilgan devor va uning har bir qavati, qatori. Uch kundan keyin eshigimizga qora otliq keldi. Paxsadan bo‘ynini cho‘zib qichqirdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Paxsadan iborat, paxsadan qilingan, qurilgan. Paxsa devorlar nurab, qator tuyalarning o‘rkachlaridek baland-past bo‘lib qolgan. H. G‘ulom, Mash’al

3. ko‘chmaKarra, daraja. Ganjaning kayfiyati yana bir paxsa ko‘tarildi. E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: pasxa – [yun] Xristian dinining pravoslav mazhabida shu dinning asoschisi Isoning tirilishiga bag‘ishlangan bayram; yahudiylarda bahorgi diniy bayram.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.