Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {patnis}
So‘z bo‘g‘inlari: pat-nis
Izoh(lar)i:
patnis [pat-nis ]

1. Idish-tovoq yoki boshqa biror narsani tashish yoxud non, qand-qurs, meva-cheva kabilarni solib, dasturxonga qo‘yish uchun mo‘ljallangan, keng, yassi, chetlari sal qayrilgan metall yoki plastmassa buyum. G‘ulomjon kulib turib, oldidagi bo‘sh qovun kosalarini patnisga soldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. Mehmonlarning oldiga qo‘yish uchun tuzalgan shunday idish. Xoldorxon dasturxonga patnis qo‘yar ekan, engashib turib gapirdi. S. Zunnunova, Olov

3. Duxovkada pishiriladigan narsa terib qo‘yiladigan yassi tunuka. Somsalarni qizitilgan tandirning jag‘iga yopib yoki patnisi yog‘langan duxovkaga qo‘yib pishirasiz Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.