1. Ko‘pincha yog‘ aralashtirilgan, oshirilmagan xamirdan chekichlab tayyorlanadigan yupqaroq non. Sho‘rvaga patir to‘g‘ramoq. [Jondor] Xamiri nuqul qaymoqqa qorilib, og‘izda erib ketuvchi oppoq patir nonlarni ushatib tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar U [Pahlavon] yosh shoirning g‘amini yeb, patir non, qatlama, sharbat olib kelgan edi. M. Osim, Karvon yo‘llarida
2. taql. s. Keskin qanot qoqish, tez aylanish va shu kabilar harakat va ulardan chiqadigan tovush. Kaptar patir etib qo‘ldan chiqdi.
1. xamir uchidan patir: katta, ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism