1. Ixtirochiga Davlat patent idorasi tomonidan beriladigan, uning o‘z ixtirosiga muallifligi va mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ma’danlarni qayta ishlashga oid ishlab chiqilgan texnologiyalarga patentlar olindi.
Gazetadan
2. Savdo-sotiq yoki biror kasb-hunar bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilganligi haqidagi hujjat.
O‘sha vaqtlari patent olib, o‘zimning shaxsiy Moskvichimda kirakashlik qilar edim.
Gazetadan