1. otOyoq kiyimi ichiga qalin va yumshoq mato (masalan, kigiz)dan qirqib solinadigan to‘shama.
Kavushim patagin qalin sol, Oyog‘imni qabartmasin.
Folklor
2. sft.Chigillashib, bir-biriga yopishib ketgan (soch, soqol, yung kabilar haqida).
O‘ng qo‘lini asta uzatib, uning patak sochlarini siladi.
A. Muxtor, Tug‘ilish