Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pat}
So‘z bo‘g‘inlari: pat
Izoh(lar)i:
pat ot

1. 1. Parrandaning dum va qanotlarini tashkil qilgan, muguzsimon uzun naychaning ikki yonida ikki qator bo‘lib o‘sib chiqadigan parlardan iborat a’zosi. Tovuq pati. Said Amin so‘yilgan o‘ntacha bedanani oldiga uyib qo‘yib, patlarini yulmoqda. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Tovus patidan yasalgan yelpig‘ichi bilan chiroyli yuzini yelpib-yelpib qo‘yadi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

2. 2. Mato, gilam va shu kabilarning yuzini qoplagan sun’iy tuk. Uy o‘rtasidagi sandal ustida isqirt ko‘rpa, yerda pati to‘zib ketgan eski gilam, kichik bir sholcha to‘shalgan. N. Safarov, Olovli izlar
Cho‘qqi soqol, boshiga pati to‘zib ketgan surmarang duxoba do‘ppi kiygan, ko‘zoynakli, oltmish yoshlardagi chol velosiped minib kelib qoldi. S. Ahmad, Cho‘l burguti

3. Shaxmatda: o‘yin durang hisoblanadigan holatlarning biri, pot. O‘yin pat bo‘ldi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. pat I Ot
shaxmatdagi durangning bir turi

2. pat II Ot
parranda pari

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. xamir uchidan patir: katta, ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.