Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {parvarish}
So‘z bo‘g‘inlari: par-va-rish
Izoh(lar)i:
parvarish [par-va-rish ]

1. Asrash, o‘stirish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan harakat. G‘o‘za parvarishi. Daraxtdan meva olaman desang, niholni parvarish qil. Maqol

2. Tarbiyalash, voyaga yetkazish, boqish kabi maqsadda qilinadigan harakat; qarov, boquv, tarbiya. Kampirning gaplari menga kulgili tuyulsa ham, hurmat yuzasidan hamda bolaga yaxshi parvarish qilish zarurligi vajidan bir nima demasdan, unga tasallo berar edim. G‘. G‘ulom, Yodgor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qarov , tarbiya [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.