Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {partiya}
So‘z bo‘g‘inlari: par-ti-ya
Izoh(lar)i:
partiya ot

1. G‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi siyosiy tashkilot. Xalq demokratik partiyasi. Hozir kuchga kirayotgan partiyalarga, yangi paydo bo‘layotgan partiyalarga ishonchimiz katta. Gazetadan
Sir emas, partiyamiz tashkil topgan dastlabki yillar viloyatda uning moliyaviy asosi ham pishiq-puxta bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. Gazetadan

2. 1. Biror maqsadda muayyan ishni bajarish uchun birlash(tiril)gan kishilar guruhi. Geologiya-qidiruv partiyasi.

3. 2. Muayyan joyga bir paytda jo‘natiladigan narsa, tovar kabilarning ma’lum (odatda ko‘p) miqdori. “Asaka” qo‘shma hissadorlik korxonasi “Neksiya”, Damas, Tiko kabi yengil avtomobillarning partiyalarini ishlab chiqaradi. Gazetadan

4. shaxm. xm. Bir davra, bir qur o‘yin (boshdan oxirigacha). Shaxmat partiyasi. Musobaqaning 10-kuni o‘ynalgan A. Nenashev — R. Qosimjonov partiyasi o‘sha kungi, balki butun turnir davomidagi uchrashuvlarning markazida bo‘lganligi muqarrar. Gazetadan
Qozon shahrida o‘tgan musobaqalarning finalida rossiyalik tengqurlarini uch partiyada mag‘lubiyatga uchratishdi. Gazetadan

5. mus. us. Ko‘p ovozli musiqa asarining (orkestr, xor yoki operaning) yakka sozanda yoki xonanda ijro etadigan tarkibiy qismi va uning notasi. Layli va Majnun musiqali dramasidagi Qays partiyasi. Maqsadim — kelgusida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, teatrda katta partiyalarni ijro etish. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. partiya I Ot
1. Bir yo‘la jo‘natilgan yoki qabul qilib olingan tovarlar. 2. Tugal o‘yin.

2. partiya II Ot
siyosiy tashkilot

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.