Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {parrak}
So‘z bo‘g‘inlari: par-rak
Izoh(lar)i:
parrak [par-rak ]

1. 1. Suv yoki shamol kuchi bilan aylanadigan kurakli sodda mexanizm. Ular konga teskari yoqdagi katta xarsang toshlar panasida shamol tegirmoni parraklari vazmin aylanib turgan qishloq tomonga tusha boshladilar H. G‘ulom, Zamin yulduzlari

2. s. t.Har xil mashinalarning shu shakldagi qismi. Birpas o‘tmay vertolyotning qudratli motori gurullab, ustidagi katta parraklari aylana boshladi. N. Fozilov, Diydor

3. ko‘chmaYupqa qilib to‘g‘ralgan, kesilgan, bo‘laklarga bo‘lingan biror narsa. Ota-murod nima uchundir dastlabki to‘rt parrakni jonliroq-jonliroq qilib kesdi. M. Mansurov, Yombi

4. s.t. ko‘chmaTelefonning raqamlar terilganda aylanuvchi chambaragi. Qushlarga quriladigan in shaklidagi yog‘och uychani bir o‘zi to‘ldirib o‘tirgan biqqi qorovul Alamazonni chetroqqa turg‘izib qo‘yib, telefon parragini g‘ildiratishga tushdi. A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.