1. kt. kt. Turli tomonga, duch kelgan yoqqa tarqagan, to‘zgan, tarqoq, tartibsiz.
U dahshatli quyundan yarim-yorti salomat qolgan parokanda karvonni tartibga soldi.
Oybek, Quyosh qoraymas
O‘tning shiddatidan dushman tanklari parokanda bo‘la bo‘ladi.
Oybek, Quyosh qoraymas
2. ko‘chma hma Tarqoq, jamlanmagan, tartibsiz, bir joyga to‘planmagan.
Qandaydir bir kuch parokanda bo‘lgan xayollarini yana bir joyga to‘pladi.
Mirmuhsin, Umid
Vujudi parokanda bo‘lib yurganda Hirotga Mamat-sharif keldi.
Sharq yulduzi
Eng muhimi, saylovlar xalqimizni parokanda va bir-biriga qarshi qilishga emas, balki el-u yurt manfaati yo‘lida yanada birlashtirishga xizmat qilishi zarur.
Gazetadan