1. ingl.[ park < lot. parricus — ihota qilingan, o‘rab olingan joy]
2. 1 Gulzor, daraxtzor va xiyobonlari bo‘lgan, dam olish, ko‘ngil ochish uchun moslashtirilgan katta bog‘.
Park oqshomda yasan-tusan odamlar, rang-barang chiroqlar, xilma-xil ajoyibotlar bilan to‘lib, juda katta ko‘rinar ekan.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. Transport vositalari (tramvay, avtobus, taksi kabilar) turadigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatiladigan joy.
Elmurod Muharram bilan xayrlashib, Xadraga kelganda, tramvaylar parkka kirib ketmoqda edi.
Shuhrat, Shinelli yillar
4. Xalq xo‘jaligi, sanoat tarmog‘i, kor-xona va shu kabilarga qarashli transport yoki ishlab chiqarish vositalari majmui.
Otasi — traktor parki qorovuli. Ilgari durustgina mashina haydab yurgandi.
Yoshlik
5. harb.Harbiy mashinalar va boshqalar texnika vositalari saqlanadigan, ta’mirlanadigan hudud; shuningdek, harbiy mol-mulk saqlanadigan statsionar (ko‘chmas) yoki ko‘chma ombor.
Parkda, poligonda va bo‘linmada ichki tartibni tashkil etish.
gazetadan