Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pardoz} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: par-doz-la-moq
Izoh(lar)i:
pardoz [par-doz ]

1. Amaliy san’at va hunarmandchilikda narsalar sirtini bo‘yash, silliqlash va boshqalar yo‘llar bilan ularni chiroyli, ko‘rkam qilish va shunday ishlovning o‘zi. Xira saxtiyon mahsilar pardozdan so‘ng yaltiraydi, ochiladi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Husnni ochish yoki sun’iy go‘zallik hosil qilish uchun o‘sma, xina, upa-elik surtish, bo‘yash, o‘ziga oro, zeb berish va shu jarayon natijasi. Xotinning yoshi o‘ttizdan oshgan bo‘lsa-da, upa-eligi, pardozi bilan yoshroq ko‘rinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.