1. 1. Parda tutilgan, parda bilan to‘silgan, ajratilgan.
[Hamdam forma] Hovlining orqasiga o‘tib, yovonga qarab ochiladigan oq pardali bir derazani tirnog‘ining orqasi bilan bir-ikki chertdi.
S. Ayniy, Qullar
Olimjon sartarosh usta G‘anining doka pardali derazasini chertdi.
N. Aminov, Qahqaha
2. 2. Organik pardaga ega bo‘lgan, parda bilan qoplangan.
O‘rdakning pardali panjasi.
3. ko‘chma hma Mustaqil pardalardan, qismlardan iborat bo‘lgan.
To‘rt pardali sahna asari. Kunlarning birida Xurshid o‘zining Eski odat qurboni nomli bir pardali pyesasini o‘qidi.
F. Jo‘rayev, Obid Jalilov
4. ko‘chma hma Ochiq-oydin ifodalanmay, shama, qochirim bilan aytilgan, yashiringan, niqoblangan, niqobli.
Pardali qilib gapirmoq.
▬
Boshim shishgan. Sening bu pardali gaplaringdan hech narsa tushunolmayotirman.
S. Ayniy, Doxunda
[Husayn Boyqaro] Ba’zi yaqinlaridan pardali shikoyat qildi.
Oybek, Navoiy
5. mus. Tovush notalarini belgilovchi bo‘g‘imlarga ega bo‘lgan, parda bog‘langan (torli cholg‘u asboblari haqida).
Pardali cholg‘u asbobi.