Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {parda}
So‘z bo‘g‘inlari: par-da
Izoh(lar)i:
parda ot

1. 1. Xonani quyosh nuri, shamol va hokazolardan to‘sish yoki bezak uchun deraza, eshik va shu kabilarga tutiladigan gazlama, mato. Eshik pardasi. Duxoba parda. Chiy parda. Chimildiq pardasi. Parda tutmoq. Pardani ochmoq. Anvarmurod keng derazalarning shohi pardalarini ko‘tardi. Oybek, Nur qidirib
Xodimlarga xonalarni beruxsat tark etish, eshik va derazalarni ochish man etildi. Derazalarga qalin parda va qora qog‘ozlar tutildi. Yoshlik
Chimildiq pardasi tushirilib, ikkovi yolg‘iz qolgach. qiz uning pinjiga suriladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. ko‘chma hma Borliqni ko‘zdan berkitib, to‘sib turgan narsa, masalan qorong‘ilik, tuman, bulut, ko‘z yoshi. Chimyon tog‘ining cho‘qqilari parda orasida turgandek, xiragina tuman ichra ko‘zga tashlanadi. Mirmuhsin, Umid.
Ana, ko‘kka tutashgan cho‘qqilarni palaxsa-palaxsa bulutlar qoplab, butun olam kulrang pardaga o‘ralganday bo‘ldi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
— Uyatsiz! — U ko‘z o‘ngini to‘sgan yosh pardasidan hech nimani ko‘rolmay, tusmollab, stol yoniga bordi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. s. t. t. Ekran, kino ekrani.

4. anat. at. Organizmda ayrim a’zolarni qoplab, o‘rab yoki bir-biridan ajratib turadigan yupqa to‘qima. O‘pka pardasi. O‘rdakning panjasidagi suzish pardasi. Yurak pardalari. Quloq pardasi. Yoshgina yigit barvaqt olamdan o‘tdi. Ichkilik tufayli uning o‘pka pardalarini zardob o‘rab, sil xastaligiga duchor etdi. Gazetadan

5. 5. Sahna asarining yoxud filmning mustaqil voqelikdan iborat tugal bir qismi. Pyesaning uchinchi parda oltinchi ko‘rinishi. Shohi so‘zana pyesasi to‘rt pardadan iborat. Dramaning birinchi pardasi boshlandi. S. Ahmad, Saylanma

6. 6. Teatrda tomosha boshlangunga qadar sahnaga ilingan mato. U sahna chekkasiga surib qo‘yilgan parda oldiga borganda, konsert qizib ketgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Parda ochilgandan to tomosha tugaguncha zal kulgidan larzaga tushdi. S. Ahmad, Yulduz

7. ko‘chma hma Biror holatni yashirish vositasi, to‘sib turuvchi niqob. Din ilm-fan yuziga parda tortmaydi. Qanotli so‘zlar
Nusratbekning yuzlaridagi shuncha yillar niqob bo‘lib kelgan ziyolinamo yumshoqlik pardasi yirtilib, jag‘ paylari, yonoqlari qizarib bo‘rtdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
ba’zan kimgadir yaxshi ko‘rinish ilinjida vijdonning ko‘zini nafs pardasi bilan pana qiladi. Yoshlik
Yana bir narsani aytib qo‘yay: er-xotin o‘rtasida parda bo‘lishi shart. Yoshlik

8. ayn. yn. Tovush paychalari. Men seni kuylamoq istayman. Ammo shunday kuylasamki, yirtilib ketsa ovoz pardalarim. A. Oripov, Yillar armoni

9. 9. Parda (erkaklar ismi).

10. mus. us. Torli cholg‘u asboblari dastasini bo‘g‘inlarga ajratuvchi to‘siqlar. O‘tkinchi bir musofir Tor qorong‘u hujrada O‘qirdi yangi doston, O‘ynab qo‘li pardada. G‘ayratiy
Shodlik kuychisisan, baxt bulbulisan, Ayni avj pardada jaranglar sozing. Uyg‘un.

11. 2. Sharq musiqa nazariyasida: muayyan balandlikdagi tovush. U hamma vaqt boshqa qo‘shiqlarga qaraganda bir-ikki parda balandda yuradi. S. Ahmad, Yulduz
Tursunoy qo‘shiqlari, nafis ovozi qalbning intim hissiyotlariga monand, kuy pardagariga uyg‘un. Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.