Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {parametr}
So‘z bo‘g‘inlari: pa-ra-metr
Izoh(lar)i:
parametr [pa-ra-metr ]

1. yun.[ parametron — o‘lchab ajratuvchi]

2. mat.Matematik formulada qo‘llanadigan va o‘zining ma’lum qiymatida shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor.

3. fiz. tex.Biror texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va boshqalarning asosiy xususiyatlaridan birini ifodalaydigan miqdor. Elektr lampa parametrlari.◆Protoplazmaning fizik parametrlari uning [hujayraning] sirtida membrana bo‘lishi kerakligidan dalolat berardi. Fan va turmush.

4. ko‘chmaBiror voqea-hodisani tavsiflash va baholash uchun zarur bo‘lgan belgi, mezon. Ro‘yxat tuzuvchilarning fikricha, universitetning o‘tgan yillarda ayrim parametrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari pasaygan. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.