1. mat. at. Bir tekislikda yotgan va har ikki tomonga davom ettirilganda hech qachon o‘zaro kesishmaydigan; muvoziy, yondosh.
Parallel to‘g‘ri chiziqlar. Parallel tekisliklar.
2. 2. Bir tomonga qarab yo‘nalgan va bir-biridan deyarli teng uzoqlikda yonma-yon joylashgan.
Parallel ko‘cha. Parallel jo‘yaklar.
3. ko‘chma hma Ayni bir vaqtda mavjud bo‘lgan yoki davom etadigan voqea-hodisa (bir-biriga nisbatan).
O‘qish yilining yarmida A, B bo‘lib kelgan parallel sinflardan o‘n olti kishi terib olinib, qolganlari birlashtirildi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bilimdonlik bilan gapdonlik har doim parallel yura olmaydi.
Saodat
4. tlsh. sh. Bir xildagi, turdagi.
Bunda sintaktik parallel qatorlar to‘rtlikda muntazamlik va bir butunlikni yuzaga keltirgan.
O‘TA
5. mat. at. O‘zaro yondosh chiziqlarning har biri.
Biror chiziqqa parallel o‘tkazmoq.
6. geogr. gr. Yer yuzasidan ekvatorga parallel holda o‘tkazilgan shartli, faraziy chiziqlardan har biri.
Boku bilan Toshkent bir parallelda yotadi.
Geografiya