Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {paqir}
So‘z bo‘g‘inlari: pa-qir
Izoh(lar)i:
paqir ot

1. Suv va boshqalar suyuqliklarni tashish va asrash uchun ishlatiladigan, bandli, silindrsimon idish; chelak. Afandi bir kun kechasi quduqdan suv olgani paqir solgan edi, suvda oyning aksini ko‘rdi. Latifalar
U [Azizbek] qopdagi kakliklarning tirigini tovuqxonaga qamab, o‘q yeganlarini qopqoqli paqirga solib, supaga olib chiqib qo‘ydi. S. Ahmad, Jimjitlik

2. esk. Ikki tiyinlik chaqa. So‘zimga ishon, boshqa bir paqir ham pulim yo‘q. I. Akram, Adolat
Shunday xursandlikdan bir-ikki marta bo‘lsa, mening yonimda bir paqir ham qolmas ekan. Latifalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. paqir I Ot
esk ikki tiyinlik chaqa

2. paqir II Ot
suyuqlik saqlanadigan silindrik idish

Paronimi: faqir – [a] Moddiy jihatdan nochor, qashshoq; so‘zlovchi shaxs; bechora.
Qomus: mavjud emas.

1. bir paqir bo‘ldi: barbod bo‘ldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.