1. Saqlash, asrash, himoya qilish qobiliyati yoki qudratiga ega bo‘lgan kimsa, narsa; himoya; homiy.
Boshiga og‘ir kunlar kelganda, Xo‘jand ahli yana shu eski qal’aga panoh izlab keldi.
M. Osim, Karvon yo‘llarida
2. ko‘chmaHimoya, homiylik.
Mulla Fazliddin Quvada turgan paytlarida Tohirga xam-savod o‘rgatgan edi. Endi jiyani panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. ko‘chmaHimoyachi, yaqin kishi, do‘st.
Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda yohu, Uning ham panohi qaytmadi jangdan. O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi.
A. Oripov, Yillar armon